Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish uchun kelgan qozog‘istonlik turistning yo‘qotib qo‘ygan buyumlari o‘ziga qaytarildi

Dam olish uchun kelgan qozog‘istonlik turistning yo‘qotib qo‘ygan buyumlari o‘ziga qaytarildi

Joriy yilning 25 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, Almati shahrida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan Miras Imanjanov «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilib murojaat qoldirgan. U murojaatida 24 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasiga dam olish maqsadida turist sifatida kelganligini va soat taxminan 18:00 da Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga «G‘isht-ko‘prik» bojxona posti orqali kelib, bojxona postidan o‘tgan vaqtida o‘ziga tegishli sumkasi va uning ichida bo‘lgan buyumlarini ehtiyotsizligi oqibatida yo‘qotib qo‘yganligini ma’lum qilib, ushbu yo‘qotgan buyumlarini topishda amaliy yordam so‘ragan.

Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida, M.Imanjanovga tegishli bo‘lgan sumka va uning ichida bo‘lgan buyumlar shu kunning o‘zida Toshkent tumanida joylashgan «G‘isht-ko‘prik» bojxona posti hududidan topilib, egasiga qaytarildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qildi.

Mazkur holatda jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli JPKning 83-modda 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring