Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishi kutilyapti

Dam olish kunlari o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishi kutilyapti

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab ochiq, lekin nisbatan sovuq kun bo‘ladi. Havo harorati 10-15° dan yuqoriga ko‘tarilmaydi va me’yoriy qiymatlarga teng bo‘ladi.

Ertaga janubi-g‘arbiy hududlarimizdan bulutli oqimlar chiqa boshlaydi va Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, mamaqaldiroq kuzatilishi mumkin, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga yaqin biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Qolgan xududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5° iliqni, kunduzi 12-17° iliqni tashkil etadi.

7-mart kuni kechasi va ertalabki soatlarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Povoljya hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishi oqibatida, havo harorati pasayib, kechasi 0-5° iliqni, kunduzi 8-13° iliqni tashkil etadi.

8-mart kuni Respublika bo‘yicha kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz havo kuzatiladi, kunduzgi soatlarda havo harorati 14-17° iliqni tashkil etib, biroz me’yordan yuqori bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring