Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sodiq Safoyev: «O‘zbekiston — yangi dunyoda obro‘ orttirdi»

Sodiq Safoyev: «O‘zbekiston — yangi dunyoda obro‘ orttirdi»

Xalqaro press-klubda «Konstitutsiya va qonunchilikda so‘z hamda matbuot erkinligi. O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari» mavzuidagi davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda AOKA kanali xabar berdi.

Davra suhbatida so‘z olgan Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev OAV — bugun xalq ovozi, to‘rtinchi hokimiyatga aylanib borayotganini bildirdi.

«Balki hali ko‘p cho‘qqilarga yetkanimiz yo‘qdir, lekin siljishlarni inkor qilish mumkin emas.

BMT Inson huquqlari komissiyasining e’tirofi bo‘yicha, so‘z erkinligi — inson rivojlanishining ajralmas omili. Insonlarning haq-huquqlari, manfaatlari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, unga demokratiyasiz, so‘z va matbuot erkinligisiz erishib bo‘lmaydi.

So‘z erkinligi, matbuot erkinligi — demokratiyaning qon aylanish tizimidir, usiz bu tushunchalar faoliyat ko‘rsata olmaydi», — dedi Sodiq Safoyev.

Shuningdek, u inson huquqlari sohasida qilingan ishlar bois, xalqimiz o‘z g‘ururini anglay boshlaganini, OAV, blogerlarning xatti-harakati ham ana shu g‘ururni ko‘rsatayotganini qayd etdi.

«O‘zbekiston — yangi dunyoda obro‘ orttirdi. Bunda OAVning o‘rni nihoyatda katta bo‘ldi. Axborotdan foydalanish huquqini ta’minlash, axborot xilma-xilligini barpo etish va rivojlantirish — bir tomondan inson huquqlariga oid masala, ayni vaqtda milliy xavfsizlikning manbalaridan biri hisoblanadi. So‘z erkinligi — inson huquqlarining boshqa turlari uchun poydevor, zamin», dedi senator.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring