Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chorsu» mehmonxonasi boshlang‘ich narxi 1 so‘m bahosida savdoga qo‘yildi

«Chorsu» mehmonxonasi boshlang‘ich narxi 1 so‘m bahosida savdoga qo‘yildi

Foto: «Xabar.uz»

Auksionning har bir bosqichi 100 million so‘m. Sarmoyador 2 yil mobaynida hukumat kafolatlarisiz kamida 25,0 million dollarga teng ekvivalentda investitsiyalar kiritishi, uch yulduzli mehmonxona xizmatini tashkil etishi hamda 150 ta yangi ish o‘rni yaratishi lozim, deyiladi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabarida.

Elektron savdolarda qatnashish uchun belgilangan investitsiya summasining 5 foizi (1,25 million dollar ekvivalentiga teng) miqdorda zakalat to‘lovini amalga oshirish lozim.

Oldi-sotdi shartnomasi imzolangan sanadan boshlab 10 yil davomida asosiy faoliyat turini (mehmonxona xizmatini ko‘rsatish) saqlash, bunda mehmonxona majmuasi bino-inshootlarining bir qismida, lekin bino-inshootlarning umumiy foydali maydonining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan hududda biznes-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin.

Auksion g‘olibining investitsion loyihasida mehmonxona majmuasining mavjud bino-inshootlarini buzish nazarda tutilgan bo‘lsa, buziladigan bino o‘rnida bunyod etiladigan mehmonxona majmuasining kamida uch yulduzli standartga mos kelishi, bunda yangi mehmonxona binosi tashqi dizaynini buzilgan bino tashqi dizayniga aynan bir xil etib ishlab chiqish va yangi majmua balandligi buzilgan bino balandligidan past bo‘lmasligi, bunda dizayn va qurilish loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.

Ob’yektning sotilishida belgilangan talab va majburiyatlar chet el valyutasi yoki va milliy valyuta — so‘mda (to‘lov qilingan kundagi Markaziy bank belgilangan rasmiy kurs bo‘yicha) amalga oshiriladi.

Ob’yektni sotib olish bo‘yicha g‘olib bo‘lgan investor shartnoma tuzilgunga qadar eng kam investitsiya miqdorining kamida 10 foizi (ya’ni 2,5 million dollari ekvivalenti)ga teng miqdordagi mablag‘ni o‘zining O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xizmat ko‘rsatuvchi bankida alohida hisob raqami ochgan holda joylashtirish orqali kafolat berishi va ushbu mablag‘lardan mulkiy majmuaga investitsiya kiritish uchun foydalanishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring