Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Cho‘lpon haqida hujjatli film suratga olindi (+treyler)

Cho‘lpon haqida hujjatli film suratga olindi (+treyler)

Andijonlik shoir va yozuvchi, jadidchi, erk kuychisi Abdulhamid Cho‘lpon haqidagi hujjatli film tayyor bo‘lgan. Keyingi yilga badiiy film ham suratga olinadi.

Xabarga ko‘ra, hujjatli film rejissyori Husan Rashidov, ssenariy mualliflari yozuvchi Nabi Jaloliddin va Erkin Bozorov. Bosh rolni yosh aktyor Shohjahon Subhonov ijro etgan. Bosh maslahatchi ham Nabi Jaloliddin.

"Cho‘lpon — qush esdaligi" deb nomlangan kartina yozuvchining Cho‘lpon haqidagi "Tegirmon" romani asosida tayyorlangan.

Quyida mazkur hujjatli filmning treylerini tomosha qilishingiz mumkin:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring