Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chinozda o‘ldirilgan fuqaroning jasadi Qozog‘istondan chiqdi

Chinozda o‘ldirilgan fuqaroning jasadi Qozog‘istondan chiqdi

Toshkent viloyati Chinoz tumani «Chinmasjid» mahallasida 5 may kuni qotillik jinoyati sodir bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1975-yilda tug‘ilgan F.M. soat 17:00 larda mast holda tanishi, 1982-yilda tug‘ilgan A.E. bilan janjallashib, bolta bilan uning boshiga bir necha bor urib, o‘ldirgan. So‘ng  u 6 may kuni soat 10:30 larda A.E.ning murdasini Sirdaryoga tashlab yuborgan.

Marhumning murdasi 14-may kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati Keles tumanidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo qirg‘og‘idan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan 18-may kuni Chinoz tumani prokuraturasi tomonidan F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, u ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring