Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzordagi mudhish avariya videosi tarqaldi

Chilonzordagi mudhish avariya videosi tarqaldi

Kecha yarim tunda Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi Arnasoy ko‘chasi «Myasnoy - Larek» do‘koni qarshisida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, 2020-yil 6-fevral kuni soat 00:35 da tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 00:00larda Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi «Myasnoy – Larek» do‘koni qarshisida Shayxontohur tumanida yashagan D.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan orqaga qayrilib olayotgan vaqtida, Uchtepa tumanida yashovchi J.M boshqaruvidagi «Spark» rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, «Matiz» rusumli transport vositasi haydovchisi D.A. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

«Matiz» rusumli transport vositasida bo‘lgan yo‘lovchi A.M. hamda «Spark» rusumli avtomobil yo‘lovchilari A.A. va A.X.lar olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring