Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chegaradan «granata» ichida giyohvand modda olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

Chegaradan «granata» ichida giyohvand modda olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi «Daut-ata» chegara bojxona postiga fuqaro N.K. o‘zining «Toyota» rusumli avtotransport vositasida kirib kelar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi.

Natijada, ushbu shaxs xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida uning avtomobilidan «granata» shaklidagi atir idishi va idish ichida esa 1,84 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring