Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senzura eng kuchli mamlakatlar nomi e’lon qilindi (top-10)

Senzura eng kuchli mamlakatlar nomi e’lon qilindi (top-10)

Foto: «Ren TV»

Eritreya, Shimoliy Koreya va Turkmaniston — Jurnalistlarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro qo‘mita tuzgan eng qattiq senzura o‘rnatilgan mamlakatlar yetakchi o‘ntaligi ro‘yxatini boshqarmoqda, deb xabar berdi «EurAsia Daily».

Ro‘yxatning davomida: Saudiya Arabistoni, Xitoy, Vetnam, Eron, Ekvatorial Gvineya, Belarus va Kuba.

«Bu mamlakatlar (Eritreya, Shimoliy Koreya va Turkmaniston nazarda tutilmoqda — tahr.) xalqaro standartlarni oyoqosti qilgan holda mustaqil ommaviy axborot vositalarini taqiqlab yoki qattiq cheklab, qamoq, raqamli, jismoniy va boshqa ta’qib usullarini qo‘llab jim bo‘lishga majbur etmoqda. Ichki senzura keng tarqagan holat», — deyiladi qo‘mita sharhida.

Xalqaro tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Eritreya, Shimoliy Koreya va Turkmanistonda OAV hukumat dastagiga aylangan, o‘zgacha nuqtai nazarni esa faqat bu mamlakatlardan tashqarida joylashgan ommaviy axborot vositalari ayta oladi. Xorijlik jurnalist bu mamlakatlar ichkarisiga kiritilgan taqdirda ham, uning har bir qadami diqqat bilan kuzatib turiladi, deyiladi xabarda.

Huquqni muhofaza qiluvchilarning fikricha, top-10 ga kirgan boshqa mamlakatlar hukumatlari jurnalistlarni ta’qib qilish, ushlash, doimiy kuzatish, xakerlik hujumlari uyushtirish bilan shug‘ullanmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring