Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Budjet pulini talon-toroj qilgan rahbarlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Budjet pulini talon-toroj qilgan rahbarlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Foto: «Xabar.uz»

Namangan viloyati, Pop tumanida budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi holati yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan viloyati, Pop tumanidagi 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilgan qurilish ishlari qayta nazorat o‘lchovidan o‘tkazilganda, qurilish ishlarini olib borgan «Ziyo S» qurilish korxonasi tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish orqali jami 78 mln. so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qurilish korxonasi rahbariga nisbatan JKning 167-moddasi 2-qismi «a,g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring