Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan bosh hisobchi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan bosh hisobchi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Termiz tumani arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji bosh hisobchisi Sh.X. kollejning 5 nafar sobiq ishchi-xodimlarining nomiga 2017-2018-yillar va 2019-yil 2 oyi davomida jami 221,8 mln. so‘m ish haqi yozib, ularning nomidagi plastik kartochkalarga oyma-oy tushirib olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu holat departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘lgan.

Tekshiruv davomida budjetga yetkazilgan zarardan 100,3 mln. so‘m undirilishi ta’minlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring