Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorolik otaxon 460 km. masofani piyoda bosib o‘tdi (foto)

Buxorolik otaxon 460 km. masofani piyoda bosib o‘tdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Buxorolik sayohatsevar otaxon Buxoro-Termiz yo‘nalishida piyoda sayohatga chiqqan edi. Viloyatning Jondor tumani, «Qovchin» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Zayniddin ota Roziqov bugun ko‘zlagan maqsadiga erishdi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot kotibi Dilnoza Komilova xabar berdi.

Foto: «Xabar.uz»

Kuch va g‘ayratga to‘la otaxon Buxorodan Termizga qadar bo‘lgan 460 km.lik masofani piyoda bosib o‘tdi. Sayohatchi yoshi ulug‘ bo‘lishiga qaramay, viloyatlar va ularning yashash tarzi bilan yaqindan tanishishni o‘z oldiga maqsad qo‘ygani hamda piyoda yurish sog‘liq uchun foydali bo‘lgani bois yo‘lga otlanganini va buning uddasidan chiqa olishiga ishonganini ta’kidlaydi.

Foto: «Xabar.uz»

Zayniddin ota piyoda sayohatini 27 iyulda boshlagan bo‘lib, bugun 9-avgust kuni Hakim at-Termiziy ziyoratgohiga yetib bordi va ziyorat amallarini bajardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring