Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroga Xitoydan 4 million dollarlik 65 ta avtobus keltirildi (foto)

Buxoroga Xitoydan 4 million dollarlik 65 ta avtobus keltirildi (foto)

Buxoroga Xitoy davlatidan 4 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit hisobiga 65 ta zamonaviy «Asiastar Yaxing Wertstar» avtobuslari keltirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Buxoro viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i Akobir Ashurov ma’lum qildi.

— «Alixan Trans» MChJ korxonasi bosh direktori Adiz Bakayev tashabbusi bilan viloyatning mahalliy aholi hamda xorijiy sayyohlariga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Buxoroga 150 ta yo‘nalishli zamonaviy avtobuslarni olib kirish bo‘yicha Xitoy davlati bilan memorandum imzolangan. Ayni paytda 65 ta «Asiastar Yaxing Wertstar» avtobuslarini olib kirdik. 32 o‘rinli, yumshoq o‘rindiqli, kondensioner va televizor o‘rnatilgan avtobuslar yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatadi. Yil oxiriga qadar memorandumga ko‘ra, yana 90 ta avtobus viloyatga olib kirishni rejalashtirganmiz. Bundan tashqari, 120 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan,— dedi bosh direktor muovini G‘ani Jumayev.

Joriy yilning 24-avgustidan boshlab, ushbu zamonaviy yuqori darajadagi qulayliklarga ega bo‘lgan avtobuslarning 60 tasi shahar ichida, 5 tasi xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatishga uchun yo‘naltiriladi.

Laylo Hayitova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring