Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda qidiruv e’lon qilingan talonchi Toshkentda ushlandi

Buxoroda qidiruv e’lon qilingan talonchi Toshkentda ushlandi

12-oktyabr kuni «Qidiruv» tadbirlari o‘tkazildi. Unda Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 46,166-moddasi (talonchilik) 3-qismi va 169-moddasi (o‘g‘irlik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va  sud idoralaridan yashirinib yurgan fuqaro qo‘lga olingan. 

Unga Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudi tomonidan 2020-yil 23-sentyabr kunidan qidiruv e’lon qilingan. Qidiruvdagi Sh.A. ning Toshkent shahrida yurganligi to‘g‘risida olingan tezkor ma’lumotlar asosida, yashirinib yurgan joyi aniqlanib, qo‘lga olingan hamda Probatsiya va Jazoni ijro etish bo‘limiga qarashli 4-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring