Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda kurash bo‘yicha Prezident sovrinining dastlabki g‘oliblari aniqlandi

Buxoroda kurash bo‘yicha Prezident sovrinining dastlabki g‘oliblari aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoroda kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun hazrat Bahovuddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirga start berildi. Unda dunyoning uch qit’asining 20ga yaqin davlatidan kelgan polvonlar 7ta vaznda g‘oliblik uchun bellashmoqda. Kecha beshta vaznda kurashchilar gilamga tushdi. Erkaklar 60, 66, 90 va 100 kilogacha, ayollar esa 52 kg vazn toifasida o‘z omadini sinab ko‘rdi.

Foto: T. Istatov

Reglamentga ko‘ra ishtirokchilar ikki tomonga ajratildi, ya’ni mahalliy polvonlar bir tomondan, ikkinchi tomondan esa xorijlik kurashchi finalga yetib keldi. Bahovuddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirning birinchi oltin medalini buxorolik Chori Zoyirov qo‘lga kiritdi. 60 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida o‘tkazilgan final bahsida u qozog‘istonlik Amanxan Oskenbayev ustidan sof g‘alabaga erishdi va uch mingAQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ham sazovor bo‘ldi.

Foto: T. Istatov

Shuningdek, 66 kg. vazn toifasida Eron islom respublikasi vakili Ja’far Firuzobodi g‘olib bo‘ldi. U finalda yana bir buxorolik polvon Mirjon To‘xtayevdan ustun keldi. Vazni 90 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida o‘zbekistonlik Shermuhammad Jandriyev Qirg‘iziston vakili Jamalbek Asilbekdan ustun keldi. Erkaklar o‘rtasidagi o‘tkazilgan bellashuvlarda eng og‘ir, ya’ni 100 kilogacha bo‘lgan polvonlar bahsida Buxoro kurash maktabi tarbiyalanuvchisi Erkin Doniyorov hal qiluvchi bahsda eronlik Hamed Rashidini mag‘lub etdi.

Foto: T. Istatov

Kechagi bellashuvlarni ayollar yakunlab berdi. Vazni 52 kilogacha bo‘lgan kurashchilar o‘rtasida finalga Osiyo va jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi surxondaryolik Gulnor Sulaymonova murosasiz kechgan bahsda Xitoy taypeyi vakili Chia-Ven Sou ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi va bosh sovringa sazovor bo‘ldi.

Prezident sovrini uchun hazrat Bahovuddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bugun davom etadi.

O. Eshmamatov, O‘zA

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring