Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda ham jamoat transporti qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

Buxoroda ham jamoat transporti qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

Buxoro viloyati hokimining farmoyishiga asosan 24 martdan boshlab Buxoro viloyati hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtobus, mikroavtobus, «Damas» rusumli hamda «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘nalishsiz yengil avtotransport vositalari qatnovi vaqtinchalik to‘xtatiladi. Shuningdek, dezinfeksiya qilingan yo‘nalishsiz taksilardan tashqari avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

«Qadrli buxoroliklar!

Koronavirusga qarshi kurashish qoidalarini doimo yodda tuting! Eng asosiysi, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling! Agarda sizda COVID-19 koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savol tug‘ilsa, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha viloyat shtabining 65 224-53-14 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin», — deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring