Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buteflika beshinchi marta prezident bo‘lmoqchi

Buteflika beshinchi marta prezident bo‘lmoqchi

Jazoirning 81 yoshli prezidenti Abdulaziz Buteflika 18-aprelda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga nomzodini qo‘ydi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.

Buteflika xalqqa murojaatida davlat rahbari sifatida faoliyatini davom ettirish istagini bildirib, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo‘yicha umumxalq kengashi tuzmoqchi ekanini aytdi.


Mavzu doirasida

Jazoirda 20 yil deganda prezident almashishi mumkin


Aytish kerakki, prezident Buteflika olti yil avval insultni boshidan o‘tkazganidan beri xalqqa ko‘p ko‘rinish bermayotgandi.

Abdulaziz Buteflika 20 yildirki (1999-yildan beri), Jazoirni boshqarib kelyapti. Mamlakat bosh vaziri Ahmad Uyahyo Buteflikaning salomatligi uning «prezidentlik vazifasini bajarishiga hech qanday to‘sqinlik qilayotgani yo‘qligini» ta’kidladi.

Amaldagi prezidentga yagona raqib — iste’fodagi general Ali Gediridir. Boshqa nomzodlar hozircha ko‘rinish bergani yo‘q. Misol uchun, asosiy muxolifatchi partiya — Sotsialistik kuchlar fronti saylovda qatnashishdan bosh tortdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring