Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buqalar tez chopadigan bo‘lib ketyapti...(video)

Buqalar tez chopadigan bo‘lib ketyapti...(video)

Foto: «Proespanol.ru»

«Euronews» Qizil xoch tashkilotiga asoslanib xabar tarqatishicha, Ispaniyaning Pamplona shahrida o‘tkazilgan San-Fermin festivalining so‘nggi kuni sakkiz nafar yuguruvchi shifoxonaga keltirilgan.

An’anaviy oppoq liboslarga burkangan, bo‘yinlariga qizil ro‘mol tang‘ib olgan minglab kishilar iyul oyining 7—14-iyul sanalarida, har tonggi soat 7 dan boshlab o‘rta asrlar shahrining tor ko‘chalarida buqalarning oldiga tushib yugurish musobaqalarida qatnashish uchun jam bo‘lishadi. Festival uchun maxsus boqilgan buqalar qariyb 900 metrgacha yugurib boradi. O‘sha kuni kechki korridada bu jonivorlar o‘ldiriladi.

So‘nggi 50 yildan beri musobaqalarni qoldirmay qatnashib kelayotgan bir amerikalik aytib qoldi: hozirgi buqalar ancha tez chopmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, 60 va 70-yillarda bu jonivorlar 900 metrlik masofani to‘rt daqiqada ortda qoldirgan, hozir esa ikki yarim daqiqa ham kifoya...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring