Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buning puliga uchta «ayfon beradi: «Xiaomi» 108 Mp kamerali smartfonini taqdim etdi (video)

Buning puliga uchta «ayfon beradi: «Xiaomi» 108 Mp kamerali smartfonini taqdim etdi (video)

Foto: «Android Authority»

«Xiaomi» kompaniyasi 108 Mp kamerali smartfonini taqdim etdi. «Mi Mix Alpha» — siz uchratgan smartfonlar orasida bunaqasi bo‘lmagani aniq.

Xo‘sh, smartfonning nimasi e’tiborga loyiq?

Birinchidan, — smartfon korpusining 180,6 foizi (!) ekrandan iborat. Faqat tepasi va pastida ozgina joy, ortidagi kamera uchun ajratilgan vertikal liniya ekrandan xoli, xolos.

Ikkinchidan, «Mi Mix Alpha»ning kamerasi boshqacha: ilk marotaba 108 Mp sensorli kamerani «Xiaomi» kompaniyasi «Samsung» bilan birga yaratdi. Qo‘shimcha kameralari ham chakkimas: keng burchakli 20 megapikselli hamda teleob’yektivli 12 megapikselli kamerasi bor.

Uchinchidan, bu «Xiaomi»ning ilk 5G-smartfoni.

«Mi Mix Alpha» yil oxirigacha sotuvga chiqarilishi aytilmoqda. Ammo adadi cheklangan. Narxi: 19 999 yuan — 2 800 AQSh dollari atrofida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring