Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bunaqasi bo‘lmagan: Chexiya halokat yoqasida

Bunaqasi bo‘lmagan: Chexiya halokat yoqasida

Foto: «RIA Novosti»

Besh oydan beri koronavirusga qarshi cheklov choralari va vaksinatsiya boshlanganiga qaramay, Chexiya hukumati COVID-19 tufayli yaqinlashib kelayotgan falokat haqida e’lon qilmoqda, deb yozadi «RIA Novosti».

«Hozirgidek vaziyat hali bo‘lmagandi, u haddan tashqari jiddiy. Umumiy falokatning oldini olish kerak. Reanimatsiyaga tushgan va o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparatlariga ulangan koronavirus bemorlari soni keskin o‘sib bormoqda. Bugun biz vaziyatni shifokorlar, kasaba uyushmalari, muxolifat bilan muhokama qilamiz. Kechqurun yana vazirlar mahkamasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Albatta, maktablarda darslarni tiklash haqida hali gap yo‘q», — dedi mamlakat bosh vaziri Andrey Babish.

O‘tgan bir kecha-kunduzda Chexiyada 15 672 kishi koronavirusga chalindi. Bu 6-yanvardan keyingi ikkinchi yuqori ko‘rsatkich. Mamlakatda bemorlarning umumiy soni 127 240 kishini tashkil etdi, ulardan 6817 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring