Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Toshkentda ikkita avtobus YTHga uchradi

Bugun Toshkentda ikkita avtobus YTHga uchradi

Foto: Toshshaxartransxizmat

Yurtimiz mustaqilligining 28 yillik to‘yi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Xalqimizga qulaylik yaratish maqsadida bayram kunlari 4 kun dam olish etib belgilandi. Ammo «Toshshaxartransxizmat» AJ avtobuslari esa har doimgidek xalqimiz xizmatida.

Biroq, xalqqa munosib xizmat qilish, yo‘lovchilarni eson-omon manziliga yetkazish uchun nafaqat avtobus balki boshqa transport vositalari haydovchilari ham masul ekanligini ko‘pchiligimiz unutib qo‘yamiz.

Bugun 3 sentyabr kuni sodir bo‘lgan 2 ta yo‘l transport hodisasi bunga yaqqol misol.

Mirzo Ulug‘bek tumani, Yuzrabot ko‘chasida harakatlanayotgan, 5-avtosaroy tasarrufidagi 101- yo‘nalishda harakatlanayotgan Mersedes-Bens rusumli avtobus ortidan Matiz yengil avtomobili kelib urilgan. Yo‘l transport hodisasida hech kim jabrlanmagan.

Ikkinchi transport hodisasi ham aynan shu ko‘chada sodir bo‘lgan. Ikkinchi avtosaroy tasarrufidagi 198- yo‘nalishda harakatlanayotgan Isuzu rusumli avtobus ortidan Gazel mikroavtobusi kelib urilgan. Ikki nafar yo‘lovchi jabrlangan.

Hurmatli yo‘lovchi va haydovchilar. Yo‘llarda etiborli bo‘ling. Jamoat transporti harakatiga xalaqit bermang. Unda bir emas yuzlab yo‘lovchi borligini unutmang. Ularning hayotini xavfga qo‘yishga hech birimizning haqqimiz yo‘q.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring