Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun «Surxon» — «Paxtakor» o‘yini jonli efirda beriladi, qolganlari yozuvda

Bugun «Surxon» — «Paxtakor» o‘yini jonli efirda beriladi, qolganlari yozuvda

Foto: «Championat.asia»

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida uchta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvlar deyarli bir vaqtga to‘g‘ri kelgani bois «Sport» telekanali faqat bittasini jonli efirda olib bera oladi. Qolgan uchrashuvlar yozuvda berilishi rejalashtirilgan.

Xabar.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, «Surxon» — «Paxtakor» o‘yini jonli efirda uzatiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16.15da boshlanishi lozim. «Lokomotiv» — «AGMK» va «Qo‘qon-1912» — «Buxoro» bahsi esa yozib olingan holda uzatiladi.

16.15 «Surxon» — «Paxtakor»
16.45 «Lokomotiv» — «AGMK»
17.00 «Qo‘qon-1912» — «Buxoro»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring