Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Shavkat Rahmon tug‘ilgan kun. O‘zbekning «o‘jar shoiri»!

Bugun Shavkat Rahmon tug‘ilgan kun. O‘zbekning «o‘jar shoiri»!

Shavkat Rahmon 1950-yilning 12-sentyabrida O‘sh viloyatining Qorasuv tumanida dunyoga keldi. Vafoti esa 1996-yilning 2-oktyabrida Toshkentda ro‘y berdi. O‘tgan 46 yillik umri davomida asrlarga tatigulik ijod qilib ketdi.

«Shavkat Rahmon she’riyati 80-yillarda o‘zbek adabiyotida kuchli oqimni tashkil etgan lirik-falsafiy, isyonkorlik ruhidagi asarlar sirasiga kiradi», — deyiladi shoirning tarjimai holiga yozilgan bitiklarda. Biz esa shuni qo‘shimcha qilmoqchimiz, shoirning hech bir she’ri bo‘lmadiki uning hayot uchqunlaridan quvvatlanmagan bo‘lsa. Oxir-oqibat undagi boriki quvvat mana shu she’rlariga ko‘chdi...

peshonamning sho‘ridan
bino bo‘lgan bu daryo…
osmon to‘la havolar
faqat menga yetmaydi.

Shoirning ijodi bilan ushbu havola orqali yaqindan tanishib olishingiz mumkin. Shavkat Rahmon o‘zbekning asl o‘g‘loni va xotiralarda ta’riflanganidek «o‘jar shoiri» edi...

Jangda o‘lgan emas biror bahodir,
Bari halok bo‘lgan xiyonatlardan,
Toshday uxlaganda to‘shlarin ochib
Yo zahar qo‘shilgan ziyofatlardan.

Biror asotirda bahodirlarni
Hattoki yuz boshli ajdar yemagan,
Ming bir sinoatli yalmog‘izlar ham
tog‘larni o‘ynagan devlar yengmagan.

Bari halok bo‘lgan xiyonatlardan,
Bariga orqadan sanchilgan xanjar.
Shunday bo‘lib kelgan azal-u azal
Mana shu jafokash, ko‘hna Vatanda.

Har gal bahodirlar yiqilar ekan
Kurakka sanchilgan nomard tig‘idan,
Qayta tirilganday bo‘lardi nogoh
Har bir bolakayning qorachig‘ida.

Ishongil, hech qachon seni aldamas
Sofdil elatlarning asotirlari,
Birorta bahodir o‘lganmas jangda,
Qo‘rqoqlar o‘ldirgan bahodirlarni.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring