Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun kuchli jazirama bo‘ladi. Undan qanday ehtiyot bo‘lish lozim?

Bugun kuchli jazirama bo‘ladi. Undan qanday ehtiyot bo‘lish lozim?

Foto: «Xabar.uz»

Bir necha kun muqaddam O‘zbekistonga Turkmaniston orqali Erondan issiq va quruq havo kelishi haqida xabar bergan edik. O‘sha kutilgan jazirama yurtimizda boshlandi.

Bunday vaqtda nima qilmoq lozim? Bu savolga ham Sog‘liqni saqlash vazirligi javob berib o‘tgan.

Jaziramada eng avvalo boshni asrash lozim. Chunki bosh miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari o‘tgan bo‘lib, kunning issiq vaqtida bosh yalang yurganda bosh qizib, butun tanada issiq qon aylanib, insonlarni oftob urishiga olib kelishi mumkin.

Yana suv ichish kerak. Gazlangan va turli qo‘shimchalar qo‘shilgani emas, balki oddiy ichimlik suvi ichgan ma’qul. Shuningdek, imkon qadar tush vaqtida ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun kunduz vaqtlarda havo harorati +40…+43 °Cgacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Yurtimizning janub va cho‘l zonalarida +44…+45 °Cgacha ko‘tarilishi mumkin.

O‘zingizni ehtiyot qiling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring