Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adham Otajonov (Abu Muslim)

Har bir amalingizni tahlil qilib, kimga yoki nimaga sig‘inayotganingizni bilish mumkin.

«Buddaviy Bin Laden» umrbod qamoqqa o‘tiradi, lekin musulmonlar genotsidi uchun emas

«Buddaviy Bin Laden» umrbod qamoqqa o‘tiradi, lekin musulmonlar genotsidi uchun emas

«Buddaviy Bin Laden» Myanmada qidirilmoqda. Mamlakat sudi Ashina Viratxuni hibsga olishga order berdi. Rohib oddiy birmaliklar orasida musulmonlarga qarshi nafrat uyg‘otadigan nutqlari bilan mashhur. Sezilarli darajada aynan u tufayli roxija ozchiligiga qarshi kampaniya dahshatli shakl va miqyosda rivojlandi. Unga hozir umrbod qamoq jazosi xavf solmoqda, faqat musulmonlar genotsidi uchun emas.

O‘z nutqlarida Ashin Viratxu muntazam ravishda islom haqida yovvoyi va vahshiy afsonalar tarqatgan hamda musulmonlarga qarshi ommaviy terrorni din va millatchilik nuqtai nazaridan asoslab bergan. Ashin Viratxu, buddaviy rohib: «Musulmonlar afrika karpi singaridir. Ular juda tez ko‘payishadi. Ular shifqatsizlik namoyish etadi, bir-birini va boshqa baliqlarni yeydi… Vaholanki, ular kamchilikni tashkil qiladi. Bizning irqimiz aynan shu ozchilik tufayli aziyat chekmoqda».

G‘arb matbuoti Bin Laden bilan tenglashtiradigan rohib «nafratlanish», «hazar qilish» va hukumatga qarshi kayfiyatlar uyg‘otishni taqiqlaydigan isyon haqida qonunga muvofiq umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Rohib amalda Myanma fuqarolar yetakchisi bo‘lgan Aun San Su Chjiga tashlangan qator so‘zga chiqishlari bilan yuqori mansab egasi bo‘lgan amaldor g‘azabini uyg‘otdi. Ayni paytda Viratxu kidiruvda, uning aniq manzili ma’lum emas. Ma’lum qilinishicha, u odatda Mandalay shahridagi ibodatxonasida yasharkan.

2012 yil Ashin Viratxu musulmonlarga qarshi qirg‘inga shaxsan boshchilik qilgan bo‘lib, buning natijasida o‘nlab musulmonlar vahshiylarcha o‘ldirildi, musulmonlarga tegishli bo‘lgan ko‘plab do‘kon va uylar yoqib yuborildi. Shunday so‘ng «Time» jurnalida «Buddaviy terrorning basharasi» nomi ostida rohib haqida maqola chop etildi.

Shu asnoda, huquq himoyachilari Viratxuning hibsga olinishi ehtimoli uning musulmonlarga nisbatan zo‘ravonlik va qirg‘inlar tufayli emas, balki hukumatga qarshi ig‘vogarligi bilan bog‘liq ekanligidan xavotirda. Bu Myanma hukumati radikal buddaviy rohiblar tomonidan tarqatilayotgan avvalgidek islamofobiyani jiddiy muammo deb hisoblamasligidan darak beradi.

2018 yil BMT Myanmadagi zo‘ravonlikni genotsid sifatida tavsifladi. Huquqni himoya qiluvchilarning qayd etishicha, musulmonlarni ommaviy qirg‘in qilganlik uchun javobgarlik nafaqat ekstremistik targ‘ibotchilargina emas, balki mamlakat armiyasida ham yotadi, roxinja esa «sayyoramida eng quvg‘in qilinayotgan xalq» deb atadilar. Birmadagi dahshatli jinoyatlar tasvirlangan foto va video lavhalari butun dunyoni aylanib chiqdi. Minglab musulmonlar o‘ldirildi, o‘n minglab kishi yarador va majruh qilindi, yuz minglab musulmon o‘z uyidan quvg‘in qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring