Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Bu safar aholi o‘rtasidagi kasallikning bari Samarqandda qayd etildi

Koronavirus: Bu safar aholi o‘rtasidagi kasallikning bari Samarqandda qayd etildi

2020-yil 22-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3028 (+22) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi. 

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 11 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 11 nafari esa aholi orasidan qayd etildi. Karantinda bo‘lgan fuqarolarning 6 nafari chet etdan kelgan, 5 nafari esa kasallikni bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Aholi orasidan aniqlangan holatlarning barchasi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 552 nafar bemor davolanmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring