Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi — Jonson

Britaniyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi — Jonson

Foto: EPA/UPG

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Djonson mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda «The Independent» xabar berdi.

«Biz ikkinchi to‘lqinga ro‘baro‘ kelmoqdamiz... Bundan qutulish ilojsiz deb qo‘rqaman — u bilan to‘qnashamiz», — dedi Jonson.

Boris Jonson COVID-19ning yangi to‘lqini Fransiya, Ispaniyada, butun Yevropada kuzatilayotganini qo‘shimcha qildi.

«Keng ko‘lamli cheklovlarni joriy etishni umuman istamayman, maktablar ochiq qolishi tarafdorimiz, umuman, o‘quv muassasalari faoliyati tiklanishining o‘zi fantastika. Ishlab chiqarish imkon qadar yopilmasligi, biznes rivojlanishdan to‘xtamasligini istaymiz», — dedi bosh vazir.

Jonsonning ta’kidlashicha, milliy karantinning joriy etilishi koronavirusga qarshi eng so‘nggi chora bo‘ladi, kasallanishlar soni keskin o‘sayotganiga qaramay, hozircha qattiq karantin haqida gap bo‘lishi mumkin emas — Britaniyada vaziyat to‘liq hukumat nazorati ostida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring