Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bozorlarda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi qay holatda?

Bozorlarda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi qay holatda?

Foto:«Press24.uz»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettirdi.

Respublikamiz bozorlari dagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 5-may holatidagi narxlari


Mol go‘shti

28 000 so‘mdan– 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat «Chorsu» dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000 – 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun «Farhod» dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti - 42 000 dan 45 000 so‘mgacha.

Tovuq go‘shti

13 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida, hamda Namangandagi «Sardoba» dehqon bozorida qayd etildi – 13 000so‘mdan – 15 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagitovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20 000 so‘m.


Guruch

4 000 so‘mdan – 16000 so‘mgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar «Siyob» dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 14 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi «Chorsu» dehqon bozorida kuzatilgan – 5 500 – 16 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

7200 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi «Farhod» dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narxham poyxtaxtda «Mirobod» dehqon bozorida qayd etilgan – 12500 so‘mgacha.

Un

1 500 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi «Farhod» bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi 1 500 – 2 000 so‘m.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un «Mirobod» dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.

Shakar

4 300 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi «Mirobod» dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200so‘m.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Termiz shahri markaziy dehqon bozorida, Buxoro shahar markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida va Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 – 5 500so‘m.

Tuxum

350 so‘mdan – 700 so‘mgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka

1 200 so‘mdan – 4 500 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi «Chorsu», «Farhod», «Yunusobod» va «Qo‘yliq» dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Buxorodagi markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 3 000 – 4 500 so‘mgacha.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring