Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘stonliqdagi «dachalar» qonuniylashtirildi

Bo‘stonliqdagi «dachalar» qonuniylashtirildi

Foto: O‘zA

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Kichiksoy m.f.y., Soyliq qishlog‘ida mehmonxona tashkil etib, mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgan xonadonlar faoliyati o‘rganilganda, Ko‘hnaqo‘rg‘on ko‘chasida aksariyat xonadon egalari belgilangan tartibda Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan fuqarolarga xizmat ko‘rsatib kelayotganligi aniqlangan.

Bosh prokuratura axborot xizmatining yozishicha, Departament xodimlarining tashabbusi bilan o‘z uyida mehmonxona tashkil etib, mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgan 50 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va ularga turizm departamenti tomonidan sertifikatlar berilib, 50 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilishi taminlandi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 yildagi 850-son qaroriga muvofiq «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari»ga «Oilaviy mehmon uylarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish» faoliyati ham kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring