Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosqinchilikda ayblangan «Alfa» maxsus kuchlari ofitserlari Kavkaz tog‘lariga yashirindi

Bosqinchilikda ayblangan «Alfa» maxsus kuchlari ofitserlari Kavkaz tog‘lariga yashirindi

Foto: «Reuters»

Rossiya federal xavfsizlik xizmatining 8 ofitseri Shimoliy Kavkaz tog‘lariga yashirindi. Ular Moskva banklaridan biriga qilingan bosqinchilikda ayblanayotgan edi.

«Alfa» maxsus kuchlarida xizmat qiladigan ofitserlar Kavkazda xizmat safarida bo‘lib turgan edi. Shu vaqtda bosqinchilikda ayblanayotgan boshqa xizmatdoshlari Moskvada qamoqqa olinganidan xabar topishadi va yashirinishga qaror qilishadi.

Xabar qilinishicha, oxirgi ikki yilda pulni «naqdlashtirish bozori» qatnashchilariga nisbatan ikkita bosqin sodir etilgan. Pul olib ketayotgan kortejlar davlat raqamiga ega bo‘lmagan mikroavtobuslar tomonidan to‘xtatilgan va undan niqobdagi erkaklar yugurib chiqib, «FXX ishlamoqda», deb baqirgani aytilmoqda. Ushbu bosqinlar nima bilan yakunlangani haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Moskva harbiy sudi 5 iyulda «Alfa»ning 5 xodimini avgustga qadar qamoqqa olish haqida qaror chiqargan edi. Yana ikki ofitser uy qamog‘iga hukm qilingan. Ular Moskvadagi «Metallurg» bankiga bosqin uyushtirishda va 140 million rubl o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Bu pul xitoylik tadbirkorga tegishli bo‘lib, jinoyatchilar uni 2,5 million dollarga almashtirishni maqsad qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring