Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura: Samarqanddagi ommaviy zaharlanish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura: Samarqanddagi ommaviy zaharlanish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 6-oktyabr kuni Samarqand shahrida xot-dog va shaurmadan yigirma nafardan ortiq nafar fuqaro zaharlangani haqida xabar bergandik.

Mazkur holat prokuratura organlari tomonidan zudlikda o‘rganishga tushildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi H. Shamsutdinov «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2019-yil 9-oktyabr kuni soat 09-30da Samarqand shahar DSENM tomonidan berilgan qo‘shimcha xabarga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jami 25 nafar fuqarolar

«Ovqatdan zaxarlanish toksikoinfeksiyasi yengil-o‘rta darajasi» tashxisi bilan yotqizilgan.

Ushbu fuqarolar «xot-dog» mahsulotlarini xarid qilib, ist’yemol qilganliklari natijasida sog‘lig‘i yomonlashib, shifoxonaga murojaat qilishganligi haqida ilgari xabar berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan JK 257-1-moddasi 1-qismi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi tergov harakatlarini olib borishlik uchun shahar IIO FMB huzuridagi TBga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring