Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Said-Abdulaziz Yusupovga qo‘yilayotgan yangi ayblovlarni ochiqladi (video)

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yuldashev OAV vakillari bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida Said-Abdulaziz Yusupovning jinoyat ishi bilan bog‘liq yangi tafsilotlarni ma’lum qildi.

Said-Abdulaziz Yusupov juda ko‘p qiymatda firibgarlik jinoyati sodir etgani avval xabar qilingan edi. Erkin Yuldashev tomonidan ta’kidlanishicha, ish bo‘yicha arizachi va guvohlarning ko‘rsatmalari, yuzlashtirish va ekspertiza xulosalariga ko‘ra ushbu ayblov ilgari surilgan.

Tergov jarayonida yangi holat yuzaga chiqqani xabar qilindi. Unga ko‘ra Said-Abdulaziz Yusupov avval sodir etgan jinoyatlari bo‘yicha yetkazilgan zararni qoplash uchun o‘z lavozimini suiste’mol qilgan. U o‘zi boshqarib kelgan O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga tegishli bo‘lgan 270 million so‘m mablag‘ni talon-taroj qilgani xabar qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring