Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura tibbiyot akademiyasiga kiritishini aytib 25 ming dollar pora olgan shifokorni ushladi

Bosh prokuratura tibbiyot akademiyasiga kiritishini aytib 25 ming dollar pora olgan shifokorni ushladi

Foto:«Politeka.net»

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Nov qishloq vrachlik punkti shifokori A.Q. fuqaro I.A.ni tanishlari orqali Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 25.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura yuqoridagi kabi turli noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritishga va’da berib, ta’magirlik qilayotgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslarga duch kelinganda qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning tunu-kun ishlovchi ishonch telefonlariga murojaat etishni so‘ragan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring