Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura: plastik jarrohlikdan so‘ng yuz bergan o‘lim holatlari bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda

Bosh prokuratura: plastik jarrohlikdan so‘ng yuz bergan o‘lim holatlari bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda

Illyustrativ surat.

Foto:«Sputnik.by»

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi «Mont Blanc» xususiy klinikasida plastik jarrohlikdan so‘ng ayol kishining vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bosh prokuratura ayni holat yuzasidan axborot berdi.

Mahkama matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, bemor L.A. (1976-y.t.) poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan «Mont Blanc» xususiy klinikasiga burun to‘sig‘idagi shikoyati bilan murojaat qilgan. Uning roziligi bilan klinikada tashqi burun deformatsiyasi va burun to‘sig‘i qiyshayishi to‘g‘irlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Jarroxlik amaliyotidan so‘ng, bemor mustaqil nafas olishga o‘tkazilgan va ungaga antibakterial davo maqsadida tibbiy muolajalar qo‘llanilgan.

Shundan so‘ng, bemorning ahvoli keskin og‘irlashgani sabab chuqurlashtirilgan tekshirishlar o‘tkazish maqsadida RShTYoIMga olib borilgan.

Markaz shifokorlari tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bemor shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, L.A. o‘limi «bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi natijasida yuzaga kelgan chap bosh miya yarimsharlari asosini gemorrogik insult» natijasida yuz bergani qayd etiladi.

Bundan tashqari ushbu xususiy klinikada jarrohlik amaliyotidan so‘ng yana bir o‘lim holati yuz bergan. Ya’ni, bemor Sh.G.ga (1999-y.t. ) «Mont Blanc» xususiy shifoxonasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish vaqtida unga yuborilgan narkoz noto‘g‘ri ta’sir qilishi natijasida ahvoli og‘irlashgan va uni zudlik bilan Olmazor tumanida joylashgan «Akfa medline» xususiy shifoxonasiga olib kelgan. Biroq kerakli tibbiy muolajalar amalga oshirilganligiga qaramasdan, bemor Sh.G. ushbu shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Hozirda ikkala holat yuzasidan Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan tergov oldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

«Mont Blanc» xususiy klinikasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga xizmat tekshiruv tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring