Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura Namangandagi ovqatdan zaharlanish holati bo‘yicha ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Namangandagi ovqatdan zaharlanish  holati bo‘yicha ma’lumot berdi

Shu yilning 20-sentyabr kuni kuni Namangan viloyati Chust tumani, G‘ova qishlog‘ida o‘tkazilgan to‘y marosimidan keyin 18 nafar fuqaro tana harorati ko‘tarilishi, qorin sohasida og‘riq, qusish va ich ketish bo‘yicha tuman tibbyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari H. Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, murojaat etgan fuqarolarning barchasi tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilib, tibbiy muolajalar o‘tkazilgan.

Yuqumli kasalliklar shifoxonasida simptomatik davolash natijasida 23-sentyabr kuni ularning 15 nafariga uyiga ruxsat berilgan. Shifoxonada  qolgan uch nafar bemorga oradan uch kun o‘tib, salomatligini tiklagan holda shifoxonani tark etgan. Barcha bemorga yakuniy «Ovqat xazm qilishni buzilishi» tashhisi qo‘yilgan. Ayni paytda ularning barchasi yashash hududidagi qishloq oilaviy poliklinikasi tibbiyot xodimlari tomonidan dispanser nazoratiga olgan. Shuningdek, to‘y marosimida qatnashgan boshqa fuqarolar ham tibbiy kuzatuvga olingan.

Hozirda tuman IIB TB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring