Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bolaning tamaki chekishi hammaning g‘azabini keltirdi, haqiqatning tagiga yetganlar esa mulzam bo‘lib qolishdi (foto)

Bolaning tamaki chekishi hammaning g‘azabini keltirdi, haqiqatning tagiga yetganlar esa mulzam bo‘lib qolishdi (foto)

Foto: «Twitter»

Turkiyaning «Bursaspor» va «Fenerbaxche» futbol klublari xayriya o‘yinidan olingan videolavha internet foydalanuvchilari o‘rtasida keng muhokama mavzusiga aylandi.

Hammani darg‘azab qilgan holat kutilmaganda bir yuz-u sakson darajaga o‘zgarib ketdi.

Videorolikda ko‘rinishidan 10 yoshlar atrofidagi bola tribunada o‘tirganicha bamaylixotir tamaki tutatib o‘tiribdi. Xuddi katta odam deysiz. Aynan shu holat odamlarning jahlini chiqardi: Kimning bolasi? Ota-onasining ko‘zi qayoqda?..

«Tarbiyasiz bola»ning shaxsini tezda aniqlay olishdi. Bilishdi-yu tillarini tishlab qolishdi. «Bolakay» — 36 yoshda ekan! Futbolga ham o‘g‘li bilan kelgan.

Skrinshot © Twitter/objektifdegilim. Foto © Twitter/objektifdegilim

Albatta, bu bilan u javobgarlikdan qochib qutula olmaydi, chunki Turkiyada jamoat joylarida, jumladan, stadionlarda ham tamaki chekish taqiqlangan.

Vaziyatni bilib, xotirjam tortgan internet foydalanuvchilari sirli bolaga Benjamin Batton* deb nom qo‘yib olishdi.


* Benjamin Batton — shu nomli asarning g‘ayritabiiy ravishda keksa bo‘lib tug‘ilib, yillar o‘tgani sayin yosharib boruvchi qahramoni.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring