Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalarni maktablarga qabul qilishda kimlarga imtiyozlar mavjud?

Bolalarni maktablarga qabul qilishda kimlarga imtiyozlar mavjud?

Foto:«Asr.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan 81 ta umumta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilishning yangi tartibi joriy etilgan bo‘lib, bu tartibga ko‘ra asosiy kvota bo‘yicha bolalarni ta’lim muassasalariga qabul qilish mutlaqo bepul asosda amalga oshiriladi.

Mazkur qarorga muvofiq, qabul kvatosi asosiy va qo‘shimcha kvota turlariga ajratilgan.

Asosiy kvota – tuman (shahar) hokimliklar tomonidan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning farzandlari, otasi yoki onasi 1 guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini (keyingi o‘rinda asosiy kvota deb ataladi) inobatga olgan holda shakillantiriladi.

Qo‘shimcha kvota – umumta’lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chikib, mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi, mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan (tegishli yilning 1-sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan), shuningdek, umumta’lim muassasalarida ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan uchun ajratiladi.

Demak, yuqoridagi atamaga asoslanib, bolaning ota yoki onasi imkoniyati cheklangan shaxslarning 1 guruhga kirsa, yoki yetim hamda ona-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar qabul kvotasining asosiy kvota turiga mansub xisoblanadi, ya’ni belgilangan mikrohududdan qat’iy nazar hamda maktab yoshiga yetmagan (tegishli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan) istalgan maktablarga farzandlarini qabul qilishi uchun hujjatlar berishlari mumkin.

Shuningdek, eng kam oylik ish haqqining o‘n baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda yig‘im undirilmaydi.
Darhaqiqat mazkur ma’muriy reglamentning yana bir o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, 29-bandda umumta’lim maktablari asosiy kvota doirasida to‘liq qamrab olingandan so‘nggina bo‘sh o‘rinlar qolsa, qo‘shimcha kvota asosida to‘ldirilishi belgilangan. Ya’ni, dastavval maktabga biriktirilgan hududning maktab yoshida bo‘lgan barcha bolalari to‘liq qamrab olingach, qo‘shimcha o‘rinlar berilishi mumkin.

Avvalgi tartib bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 15-may 2017 yil VMQ-140 sonli qarorida nogiron shaxslarga hamda bolaning ota yoki onasi imkoniyati cheklangan shaxslarning 1 guruxga kirsa, yoki yetim hamda ona-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar qabul qilish bo‘yicha imtiyozlar belgilan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda nogironlar to‘g‘risidagi halqaro huquq normalariga hamda milliy konunchiligimizdagi oliy konunimizdagi talablariga to‘la javob beradi desak mubolag‘a bo‘lmaymiz.

Sarvar Nazarov,
Davlat xizmatlari agentligi
Toshkent shahar boshqarmasi Bosh maslahatchisi

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring