Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bokschilarimiz Bangkokka yo‘l olishdi (to‘liq tarkib)

Bokschilarimiz Bangkokka yo‘l olishdi (to‘liq tarkib)

Foto: MOQ matbuot xizmati

17-28-aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bugun erta tongda mazkur musobaqada ishtirok etadigan delegatsiyamizning asosiy qismi Bangkok safariga jo‘nab ketishdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Mazkur chempionatga AQShda tayyogarlik ko‘rgan Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov okean ortidan o‘zlari alohida Bangkok shahriga yo‘l olishgan. Eslatib o‘tamiz, qit’a birinchiligida quyidagi bokschilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:

Erkaklar:

– 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov

– 52 kg: Hasanboy Do‘smatov

– 56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov

– 60 kg: Shukurjon Rahimov

– 64 kg: Shunqor Abdurasulov

– 69 kg: Bobo-Usmon Boturov

– 75 kg: Isroil Madrimov

– 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov

– 91 kg: Sanjar Tursunov

+ 91 kg: Bahodir Jalolov

Bosh murabbiy: Marat Qurbanov.

Ayollar:

– 48 kg: Fotima Tursunboyeva

– 51 kg: Farangiz Hoshimova

– 57 kg: Yodgoroy Mirzayeva

– 60 kg: Rayxona Qodirova

– 64 kg: Maftuna Meliyeva

– 69 kg: Shahnoza Yunusova

– 75 kg: Mavluda Mavlonova

– 81 kg: E’zoza Meliyeva

Katta murabbiy: Lochin Qo‘chqorov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring