Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘kada fuqaro MIB xodimining yuziga urib, tan jarohati yetkazdi

Bo‘kada fuqaro MIB xodimining yuziga urib, tan jarohati yetkazdi

Foto:«Xabar.uz»

Shu yilning 14-noyabr kuni MIB Bo‘ka tuman bo‘limi davlat inspektori A.T. tomonidan Samarqand ko‘chasidagi M.B.ga tegishli xonadon elektr energiya tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanganligi aniqlagan.

Dalolatnoma tuzilgach, M.B.ning 2 nafar o‘g‘illari hujjatni qaytarib berishni talab qilib, biri MIB xodimining yuziga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. So‘ng dalolatnomani olib qo‘yib, yashirgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan xuddi shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Oxirgi vaqtlarda MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatish holatlari ko‘paymoqda. Jumladan, biroz muddat oldin Samarqand va Andijon viloyatlarida ham tashkilot vakillariga nisbatan kuch ishlatilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring