Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pora olgan bog‘cha mudirasiga hukm o‘qildi

Pora olgan bog‘cha mudirasiga hukm o‘qildi

Kadr: «O‘zbekiston24»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudida Buxoro shahridagi 81-sonli maktabgacha tarbiya muassasasi mudirasi Sh.Atayevaga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra, sudlanuvchi Sh.Atayeva mansabdor shaxs bo‘la turib, ya’ni Buxoro shahridagi 81-sonli MTM mudirasi lavozimida ishlab kelib, o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda pora olish bilan shug‘ullangan.

Sh.Atayeva 2018-yil 9-aprel kuni soat 10:00larda o‘z xizmat xonasida fuqaro D.Ro‘ziyevadan ikki nafar bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilishi evaziga tamagirlik yo‘li bilan 600 000 so‘m pulni olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Sud majlisida sudlanuvchi Sh.Atayevaning aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, ayol kishi ekanligi, oilaviy ahvoli inobatga olinib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 2-qismining «v» bandi bilan 2 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, sudlanuvchi Sh.Atayevaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 72-moddasini qo‘llagan holda 2 yil sinov muddati tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring