Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birlashgan Arab Amirliklari haqida 15 fakt (foto)

Birlashgan Arab Amirliklari haqida 15 fakt (foto)

Kollaj

1. Birlashgan Arab Amirliklari (ilgarigi nomi Shartnomali Ummon) 1971-yil 2-dekabrda Abu-Dabi amirligining shayxi Zayd bin Sulton al-Nahayon tashabbusi bilan tashkil topgan.

2. BAA yettita amirlikdan iborat – Abu-Dabi, Dubay, Sharja, Ajman, Umm-al-Qayvayn, Ras-al-Xayma, Fujayra.

3. Yettita amirlikdan faqat ikki amirlik neft boyligiga ega bo‘lib, bu boylikning 95 foizi Abu-Dabi, 5 foizi Dubayga tegishli.

4. Amirliklar «federatsiya kelishuvi»ga muvofiq ravishda daromadning yarmini BAA umumiy budjetiga ajratadi.

5. BAAning 85 foiz aholisi migrantlardan iborat bo‘lib, davlat boshqaruvi tashkilotlaridan boshqa barcha sohalarda faoliyat yuritadilar.

6. BAAning mahalliy aholisi vakillari asosan davlat boshqaruvi tashkilotlarida faoliyat yuritadi, boshqa ma’lum bir qismi o‘z biznesiga ega.

7. Aholi vakillari 14-15 yoshdan ishlash huquqiga ega.

8. BAAda har qanday ta’lim (shuningdek, oliy ta’lim ham) bepul.

9. Agar talaba birinchi kursni faqat «a’lo» baholarga bitirsa, universitet ma’muriyati talabaga dunyoning istalgan eng yaxshi OTMlarida o‘qish huquqini beradi va xorijga borish-kelish, yashash hamda kontrakt pullarini to‘lab beradi.

10. Xorijga o‘qishga ketgan talabaga har oyda 2000 AQSh dollari miqdorida stipendiya to‘lab boriladi.

11. Barcha tibbiy xizmatlar, oddiy davolash profilaktikasidan tortib murakkab operatsiyalargacha, dori-darmon bepul. BAA fuqarosi bemor sifatida qaysi davlatda davolanishidan qat’iy nazar davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlanadi.

12. BAA fuqarosi (erkak) 21 yoshga to‘lganida davlat tomonidan unga yer hududi ajratilib, uy qurishi uchun yetarli mablag‘ bilan ta’minlanadi (bu gender tengligiga zid bo‘lgan yagona holat, chunki qiz voyaga yetib turmushga chiqadi va uy-joy muammosi erkak tomonidan hal etiladi).

13. Erkaklar 55 yoshdan, ayollar 50 yoshdan 20 yillik mehnat staji bilan pensiyaga chiqish huquqiga ega.

14. Amirliklar aholisi yer, suv va elektr ta’minotidan bepul foydalanish huquqiga ega.

15. Armiya xizmatiga ixtiyoriy borgan harbiy xizmatchiga 2000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ to‘lanadi va xizmat muddati tugagach, yana 25 ming AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lovi beriladi.

Aytingchi, BAAda korrupsiya bormi?
(onlayn so‘rovnoma)

So‘rovnomada ishtirok etish uchun havolaga kiring yoki QR kodni skanerlang:

So‘rovnomaning natijasini ko‘rish uchun quyidagi havolaga kiring:

Muhayyo Saidova tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring