Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir qator xorijiy davlat prezidentlari Shavkat Mirziyoyevni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Bir qator xorijiy davlat prezidentlari Shavkat Mirziyoyevni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, quyidagi rahbarlar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

-Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp;

-Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Mayk Pompeo;

-Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

-Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;

-Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi;

-Quvayt Davlati Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

-O‘mon Sultoni Qobus bin Said;

-Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub;

-Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun;

-Jibuti Respublikasi Prezidenti Ismoil Umar Gelle;

-Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring