Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir oy ichida korrupsiya bo‘yicha har bir tumanga tashxis qo‘yilishi lozim — Prezident

Bir oy ichida korrupsiya bo‘yicha har bir tumanga tashxis qo‘yilishi lozim — Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha selektor yig‘ilishi o‘tkazgani xabar qilingan edi. Yig‘ilish davomida davlat rahbari korrupsiya masalasiga e’tibor qaratdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qilgan.

— Biz eng avvalo korrupsiyaga qarshi kurashni jadallashtirishimiz lozim. Korrupsiya bo‘yicha alohida selektor yig‘ilishi o‘tkaziladi. Har bir tuman alohida o‘rganiladi, menga bu bo‘yicha tashxis kerak. Nima uchun rahbarlar tuzalmayapti, hammasini bilishimiz kerak. Buning uchun bir oy muddat beriladi.

Suv ta’minoti, yo‘l qurilishi, maktablar ta’miri — hammasida o‘g‘rilik bor. Qarz olib qilayotgan ishlarimizda ham yulg‘ichlik kuzatilmoqda. Shu sababli har bir soha bo‘yicha tashxis bo‘lishi shart. Bizga o‘g‘rilar kerak emas.

Qonun ustivor, jazo muqarrar bo‘lishi kerak, — dedi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam O‘zbekiston korrupsiya bo‘yicha dunyo davlatlari orasida 146-o‘rinda ekani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring