Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodning shov-shuvli «razborchi» qizlari

Bekobodning shov-shuvli «razborchi» qizlari

Illyustrativ surat

Sentyabr oyidan buyon ijtimoiy tarmoq orqali tanish bo‘lgan Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan 11-sonli ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 2 qizi M.A. va D.Z. o‘rtasida turli kelishmovchiliklar bo‘lib turgan.

Kelishmovchilikni bartaraf etish maqsadida, D.Z. tanishlari bilan M.A.ni maktab hovlisining xoli hududiga chaqirib, ular bilan gap talashib qolishgan va janjallashib ketishgan. D.Z. M.A.ni bir-ikki marotaba urib, turtib yuborgan vaqtida M.A. muvozanatini yo‘qotib, beton qoplamaga peshonasining chakka qismi bilan yiqilgan. So‘ng ularni ajratishgan.

Yiqilib tan jarohati olgan M.A. tanishi bilan Bekobod shahar Markaziy shifoxonasiga borgan.

Shundan so‘ng, 21-sentyabr kuni M.A.ning dugonasi N.M. uni shifoxonaga ko‘rgani borib, M.A.ning noroziligiga qaramasdan, ijtimoiy tarmoq orqali D.Z. va uning tanishi Nozima ismli qizning fotosuratlarini “Qidirilmoqda” izohi bilan tarqatgan hamda shaharning jamoat joylari peshtaxtalariga yopishtirgan.

Holat yuzasidan D.Z.ning xatti-harakatlarida Jinoyat kodeksining 109-moddasida (“Qasddan badanga yengil shikast yetkazish”) ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa-da, D.Z. voyaga yetmagani uchun Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq D.Z. hamda N.M.ning onalariga nisbatan, farzandlarini tarbiyalash va ta’lim berish borasidagi majburiyatini yetarli bajarmagani sababli, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan, to‘plangan hujjatlar shahar hokimligi qoshidagi “Voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi”ga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring