Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekoboddagi bog‘chada bolalar zaharlandi

Bekoboddagi bog‘chada bolalar zaharlandi

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati Bekobod shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan bayonot berdi.

Bugun soat 09:30 larda Bekobod shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasining tarbiyachilari 2 nafar tarbiyalanuvchi o‘zini noxush his qilayotganini sezishgan.

Zudlik bilan bolalar mutaxassis shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan. Tibbiy tekshiruv davomida, ularga ovqatdan zaharlanish to‘g‘risidagi dastlabki tashxis quyilgan.

O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida, muassasaning qolgan barcha tarbiyalanuvchilari tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv mobaynida yana 9 nafar bolada ovqatdan zaharlanish ehtimoli aniqlangan. Ayni paytda ular shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Hozirgi vaqtda bolalarning ahvoli qoniqarli, vaziyat shifokorlarning qat’iy nazorati ostida.

Mazkur holat buyicha ichki ishlar va prokuratura idoralari tomonidan tegishli teshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi hokimlik axborot xizmati bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, bu Bekobodda bog‘cha tarbiyalanuvchilarining ovqatdan zaharlanishi bo‘yicha birinchi holat emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring