Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona»: maoshni pasaytirish taklifi rad etildi

«Barselona»: maoshni pasaytirish taklifi rad etildi

Foto: «Barcelona FC News Now»

«Barselona» futbolchilari maoshni pasaytirish to‘g‘risidagi taklifga rad javobini berishdi.

«Marca» nashriga ko‘ra, rahbariyat ularning ish haqidan 30 foizgacha chegirib tashlashga urinib ko‘rgan.

Kataloniya klubi pandemiya ortidan mart oyida ham futbolchilarning maoshiga «ko‘z olaytirgandi». O‘shanda futbolchilar og‘ir pallada klubga yordam bo‘lsin deb ish haqlarining 70 foizidan voz kechishgandi.

Ta’kidlash kerakki, pandemiya va iqtisodiy inqiroz tufayli «Barselona» moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring