Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Po‘latov Surxondaryo ahliga minnatdorlik bildirdi

Bahodir Po‘latov Surxondaryo ahliga minnatdorlik bildirdi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati sobiq hokimi Bahodir Po‘latov lavozimdan ketgandan so‘ng viloyat ahliga minnatdorlik bildirdi. Bu haqida Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan.

«Qadrli surxondaryoliklar!

Xalqi mard va tanti, tuprog‘i zar bu vohadagi faoliyatim davomida men bilan yelkama-yelka turib, birga ishlagan, qo‘llab-quvvatlagan Siz azizlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik va xotirjamlik tilayman. Surxondaryo yanada gullab yashnayversin!» – deydi Bahodir Po‘latov o‘z murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Bahodir Po‘latov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlanishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring