Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan Bahodir Jalolovning (6 ta jang, 6 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Jang 24-iyul kuni Moskva shahrida o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Hozircha uning raqibi kim bo‘lishi aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli bokschi joriy yilning mart oyida amerikalik Brendan Barrettga qarshi jang o‘tkazib, ilk raunddayoq raqibini nokautga uchratgan holda «WBC»ning vakant bo‘lib turgan «NABF Junior Heavyweight Title»  chempionlik kamari sohibiga aylangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring