Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Jalolovda raqib o‘zgardi. U bugun kamar uchun jang qiladi

Bahodir Jalolovda raqib o‘zgardi. U bugun kamar uchun jang qiladi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Bugun professional boksda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Biroq kecha raqib o‘zgargani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastavval tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yurtdoshimiz amerikalik Palmer Donniye bilan jang qilishi kerak edi. Ammo hamyurtimiz va uning menejerlari kelishgan holda oltinchi jangda titul kamari uchun bahs olib borishni lozim topishdi.

Shu tariqa, yurtdoshimiz bugun vakant turgan «NABF Junior Heavyweight Title» kamari uchun amerikalik Brendan Barretga qarshi jang qiladi. Ma’lumot uchun, Barret shu paytgacha 11 marta jang olib borgan bo‘lib, 7 bor g‘alaba qozongan, shuningdek, uning hisobida 2 tadan mag‘lubiyat va durang ham mavjud. Hamyurtimiz uchun bu oltinchi jang bo‘ladi. Jalolov avvalgi barcha bellashuvlarda muddatidan avval raqiblarini yer tishlatgan. Bo‘lajak jangga Nyu-York shahri mezbonlik qilib, bahs Toshkent vaqti bilan ertaga ertalab boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 16-27-aprel kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ham yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring