Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq raqibini ringga qulatdi (video)

Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq raqibini ringga qulatdi (video)

Hamyurtimiz Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi oltinchi jangini o‘tkazdi. AQShning Nyu-York shtatida «NABF Junior Heavyweight Title» titul kamari uchun kechgan bahsda vakilimiz o‘z ustunligini namoyish qilib, yakunda ham chiroyli g‘alabani tantana qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Amerikalik Brendan Barretga qarshi ringga ko‘tarilgan Bahodir jang to‘liq yakuniga yetmasdan, aniqrog‘i, birinchi raundning o‘zida raqibini nokautga uchratdi. Ta’kidlash joiz, jang sanasiga bir kun qolganda raqib o‘zgargan edi. Biroq bu holat yurtdoshimizga  halal bermadi.

Shu tariqa yurtdoshimiz o‘zining oltinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, «NABF Junior Heavyweight Title» titul kamarini qo‘lga kiritish bilan birga super og‘ir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Endi bokschimiz 16-27 aprel kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoa ixtiyoriga qo‘shiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring